21:21 / 04.04.2020
66743
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 266taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 3 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangani to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Endilikda O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 266tani tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda koronavirusning ilk bemori 15 mart kuni qayd etilgandi. Shu vaqtgacha bemorlarning 25 nafari tuzaldi, ikki kishi vafot etdi.

So‘nggi kunlarda koronavirusdan zararlanish holatlari qayd etilishi keskin o‘smoqda - 2-4 aprel kunlari O‘zbekistonda jami 75 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yildi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top