17:35 / 04.04.2020
75833
O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olganlar soni 263taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 22 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangani to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Endi yurtimizda koronavirusdan zararlanish holatlari 263tani tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusning ilk bemori 15 mart kuni qayd etilgandi. Shu vaqtgacha bemorlarning 25 nafari tuzaldi, ikki kishi vafot etdi.

So‘nggi kunlarda koronavirusdan zararlanish holatlari qayd etilishi keskin o‘smoqda: 1-4 aprel kunlari O‘zbekistonda jami 91 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yildi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top