15:09 / 04.04.2020
5934
O‘zbekistondagi xorijiy talabalar respublika ta'lim muassasalari yotoqxonalarida yashab turibdi - vazirlik

4 aprel kuni, AOKA huzuridagi shtabda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik axborot xizmati rahbari Farhod Babashev karantin davrida xorijiy talabalarning bilim olishi va yashashiga yaratilgan imkoniyatlar haqida gapirdi.

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi

Qayd etilishicha, respublikadagi 37 ta oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalari yotoqxonalarida ayni paytda jami 3147 nafar turkmanistonlik talaba–o‘quvchilar yashab turibdi. Jumladan, 20 ta oliy ta'lim muassasalari yotoqxonalarida 1934 nafar; 17 ta kollejlar yotoqxonalarida 1213 nafar talaba yashamoqda.

«Termizdagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta'lim markazida ham 172 nafar afg‘onistonlik talabalar tahsil oladi. Barcha xorijlik talabalar sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan (SanPiN normalariga muvofiq) kunlik bepul asosda ta'minlanmoqda. Yotoqxonalarda tibbiyot xodimlarining doimiy navbatchiligi yo‘lga qo‘yilgan», -  deya ma'lumot berdi Babashev. 

Vazirlik axborotiga ko‘ra, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ushbu talabalar xavfsizligini ta'minlash choralari ko‘rilgan. Ular ham masofaviy ta'lim jarayoniga jalb etilgan, navbatchi tarbiyachilar hamkorligida mustaqil mashg‘ulotlar hamda badiiy asarlar mutolaasi bilan mashg‘ul.

Top