19:26 / 04.04.2020
20009
Professor: bir odam koronavirusni 59 ming kishiga yuqtirishi mumkin, grippni esa 14 kishiga

Angliyalik tibbiyot bo‘yicha professor Hyu Montgomerining hisob kitoblariga ko‘ra koronavirus bilan kasallangan bir kishi uni 59 ming kishiga yuqtirishi mumkin.

 

Professor: bir odam koronavirusni 59 ming kishiga yuqtirishi mumkin, grippni esa 14 kishiga 👉 https://kun.uz/37409135

Posted by Kun.uz on Saturday, April 4, 2020

Uning so‘zlariga oddiy gripp va koronavirusni yuqtirish o‘rtasidagi farq katta: «Agar men oddiy grippga chalinsam, uni o‘rtacha 1,3-1,4 kishiga yuqtirishim mumkin. Ikkinchi bosqichda o‘sha 1,3-1,4 kishi kasallikni yana shuncha odamga yuqtirsa va bu holat 10 marta takrorlansa, men 14 kishiga gripp yuqtirgan bo‘laman.

Koronavirus esa ancha zararli... Har bir koronavirus bilan kasallangan odam uni o‘rtacha 3 kishiga yuqtirishi mumkin. Bir qarashda farq katta emasdek, lekin o‘sha 3 kishi yana 3 kishiga virus yuqtirib, bu jarayon 10 marta takrorlansa, oxir-oqibat men 59 ming kishiga koronavirus yuqtirgan bo‘laman», deydi professor Montgomeri.

Professor Hyu Montgomerining fikricha, jamoat joylarida oraliq masofani saqlamaslik vaziyatni yanada og‘irlashtiradi. Doktor kasalxonalarda ko‘pchilikni bir vaqtda parvarishlash imkoni bo‘lmay turgan hozirgi vaqtda odamlar uchun eng yaxshi yo‘l o‘zini ihotalash ekanini ta'kidlagan.

«Agar kasal bo‘lish-bo‘lmaslik sizni qiziqtirmaydigan darajada mas'uliyatsiz odam bo‘lsangiz, bilib qo‘ying, gap sizda emas, siz virus yuqtirishingiz mumkin bo‘lgan yana ko‘plab odamlarda», deydi Hyu Montgomeri.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top