20:12 / 04.04.2020
23586
«Shunchaki xohlamayman». Tramp nega tibbiy niqob taqmasligiga izoh berdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ta'kidlashicha, niqobni faqat aksirayotgan yoki yo‘talayotgan yoxud koronavirus infeksiyasini yuqtirishda gumonlangan insonga yordam berayotganlargina taqishlari lozim.

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp nima uchun koronavirusdan himoyalanish uchun himoya niqobi taqmasligiga izoh berdi.

“Bilasizmi, Oval kabinetda bejirim, buyuk Rezolyut stoli ortida o‘tirish va prezidentlar, bosh vazirlar, diktatorlar, qirollar, qirolichalar bilan niqob taqib olib salomlashish.... bu men uchun emas.  

Bu shunchaki tavsiya. O‘zimni yaxshi his qilyapman. Shunchaki niqob taqishni xohlamayman”, dedi u.

Tramp shu bilan birga, kelgusida bu borada fikrini o‘zgartirishi mumkinligini aytdi.

Tibbiyot niqoblari koronavirusdan himoyalanishda yordam berish-bermasligi borasidagi bahslar anchadan beri davom etmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ta'kidlashicha, niqobni faqat aksirayotgan yoki yo‘talayotgan yoxud koronavirus infeksiyasini yuqtirishda gumonlangan insonga yordam berayotganlargina taqishlari lozim.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top