18:58 / 04.04.2020
39787
SSV: O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanganlar orasida yoshi 60dan yuqori bo‘lganlar soni 18 nafar

Koronavirusga chalingan 263 nafar fuqarodan 102 nafari xorijda bo‘lgan, 161 nafari esa ular bilan muloqotda bo‘lish oqibatida virus yuqtirgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistondagi koronavirus bemorlari bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotlarni ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, bemorlarning 120 nafari erkak, 143 nafari ayollar bo‘lsa, shundan 13 nafari voyaga yetmagan bolalardir. 

Bemorlarning yosh jihatidan tasnifi quyidagicha:  

0-9 yoshgacha – 8 nafar; 
10-19 yoshgacha – 10 nafar; 
20-29 yoshgacha – 51 nafar; 
30-39 yoshgacha – 63 nafar (1 kishi vafot etgan); 
40-49 yoshgacha – 73 nafar; 
50-59 yoshgacha – 40 nafar; 
60-69 yoshgacha – 13 nafar; 
70-79 yoshgacha – 5 nafar (1 kishi vafot etgan).

Hozirga qadar xorijda bo‘lib, koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan fuqarolar soni 102 nafarni tashkil etmoqda. Ular Fransiya (2), Turkiya (45), Rossiya (46), Buyuk Britaniya (5), BAA (2), Saudiya Arabistoni (1) hamda Shveytsariya (1) kabi davlatlarda bo‘lib qaytgan. 

161 nafar fuqaro esa ular bilan muloqotda bo‘lgani uchun yuqtirib olishgan. 

Ayni paytda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarning 146 nafari Toshkent shahrida, 27 nafari Farg‘ona viloyatida, 28 nafari Namangan viloyatida, 30 nafari Andijon viloyatida, 14 nafari Buxoro viloyatida, 13 nafari Xorazm viloyatida, 3 nafari Qashqadaryo viloyatida va 2 nafari Navoiy viloyatidagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonalarda davolanishmoqda.

«Barcha bemorlarga shifokorlar tomonidan Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalari, xalqaro tajriba va belgilangan standartlar asosida davolash muolajalari olib borilmoqda. Shu kungacha 25 nafar bemor ushbu kasallikdan butunlay sog‘aydi. 

Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda epidemiologik surishtiruv hamda COVID-19 infeksiyasining tarqalib ketmasligi uchun barcha zarur profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda», deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanayevning telegram kanali xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus tashxisi qo‘yilgan bemorlarning epidemiologik marshruti bilan tanishish imkonini taqdim etdi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top