12:30 / 05.04.2020
67675
7 nafar bemorning ahvoli og‘ir - Bosh sanitariya inspektori 

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan bemorlarning 7 nafarining avholi og‘ir. Bu haqda Bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ma'lumot berdi.

Foto: O‘zbekiston 24

Nurmat Otabekovning ma'lum qilishicha, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolanayotgan 85 bemorning 22 nafarida pnevmoniya belgilari kuzatilmoqda. Bemorlardan 4 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining esa ahvoli nisbatan og‘ir, deb baholanmoqda.

Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasida esa jami 35 bemor davolanmoqda. Ularning 1 nafarining ahvoli o‘rtacha og‘irlikda, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, deb baholanmoqda.

«Ahvoli og‘ir va o‘ta og‘ir, deb baholangan bemorlar intensiv-terapiya muolajalariga o‘tkazilgan», degan Nurmat Otabekov «O‘zbekiston 24» telekanali efirida.

Qayd etilishicha, statsionar va uy sharoitida 100 mingdan ko‘proq fuqaro tibbiy kuzatuv ostida turibdi.

5 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq 298ta holat qayd etilgan, shu vaqtgacha bemorlarning 25 nafari tuzalgan, 2 kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top