14:34 / 05.04.2020
6137

Nogironlik guruhini qayta belgilash va muddatni uzaytirish xizmati to‘xtatilmagan – Otabekov

Karantin davrida nogironlik muddatini uzaytirish vaqti kelsa, ammo turli cheklovlar tufayli buning imkoni bo‘lmasa, qanday yo‘l tutish kerak?

Ushbu savolga 5 aprel kuni o‘tkazilgan brifingda O‘zbekistonning bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov javob berdi.

«Karantin davrida nogironlik guruhini qayta belgilash bilan shug‘ullanuvchi ambulator poliklinika xizmatlari o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Bemorlar o‘z hududidagi ambulator poliklinika xizmatiga murojaat qilib, nogironlik guruhini qayta belgilashi va muddatni uzaytirishi mumkin.

Ammo karantin rejimidagi ba'zi cheklovlar bois buning imkoni bo‘lmasa, karantin tadbirlari tugagunga qadar avval belgilangan nogironlik guruhi saqlab qolinadi. Bu haqida alohida ko‘rsatma mavjud», deya Nurmat Otabekovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Top