11:10 / 05.04.2020
19881
Nyu-Yorkda shifokorlar xalatlar o‘rniga chiqindi paketlari kiyishlariga to‘g‘ri kelishi mumkin

Nyu-Yorkning Bruklin tumanidagi tibbiyot markazi shifokorlari va xodimlari tibbiy xalatlar yetishmayotgani sababli yomg‘irpo‘shlar va chiqindilar uchun mo‘ljallangan paketlarni kiyishlariga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Foto: REUTERS/Brendan McDermid

Bu haqda ushbu markaz - SUNY Downstate Medical Center prezidenti Ueyn Rayli CNN telekanaliga ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, tibbiyot muassasasida faqat 1,5 kungagina yetadigan xalat qolgan.
 
“Bizni davlat zaxirasidan qachon ta'minlashlarini kutib o‘tirolmaymiz. Bizga davlat zaxirasi deyarli tugagani ma'lum. Shu sababli ushbu vaziyatda topqirlik qilish kerak”, deb aytgan Rayli.

31 mart kuni Nyu-York meri Bill de Blazio shahardagi dori-darmon zaxirasi bir haftagagina yetishini ma'lum qilgan.

Ayni vaqtda Nyu-York AQShda koronavirus tarqalishi markazi hisoblanadi. Bu yerda koronavirusga chalinganlar soni 100 mingdan, qurbonlari soni esa 3 mingdan oshib ketgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top