09:24 / 05.04.2020
34326
Olimlar chivin va pashshalarning koronavirus tashuvchisi bo‘lishi ehtimolini baholashdi

Bahor va yoz fasllarida paydo bo‘ladigan hasharotlar koronavirus tashuvchisi hisoblanmaydi. Bu haqda DNK bo‘yicha mutaxassis, entomolog Konstantin Kitayev ma'lum qildi. 

Foto: Depositphotos

“Xitoyliklar bu borada tadqiqot o‘tkazishgan va qonxo‘r hasharotlar, ayniqsa pashshalar koronavirusni tashimasligini aniqlashgan . Bu borada qo‘rqmaslik kerak”, deb hisoblamoqda mutaxassis.  

Entomolog Yuliya Lovsovaning ta'kidlashicha, umuman olganda, chivinga o‘xshash hasharotlar infeksiyalar tashuvchisi hisoblanadi, biroq hozirgi kunda ilmiy hamjamiyatda chivinlar koronavirus tashishi mumkinligi haqida ma'lumot yo‘q. 

“Chivinlar bezgak, sariq isitma, Denge bezgagi kabi turli kasalliklarni tashishi mumkin. Biroq ularning koronavirus tashishi haqida ma'lumotlar yo‘q. Bu pashshalarga ham taalluqli. Nazariy jihatdan kasal odam o‘z qo‘liga aksirsa va unga shu zahotiyoq pashsha qo‘nib, keyin boshqa odamga ko‘chib, uni zararlashi mumkin, deb faraz qilish mumkin. Biroq buning imkoni juda kichik”, deb aytgan mutaxassis.  

Avvalroq ham mutaxassislar uy hayvonlari va odamlar o‘rtasida koronavirus o‘tishi haqida ma'lumotlar yo‘qligini, itlar va mushuklar koronavirusga chalinishi va uning tashuvchisi bo‘lishi mumkinmasligini ta'kidlashgan. Biroq keyinroq xitoylik olimlar hayvonlar koronavirusga chalinishlari mumkinligini aniqlashgan. Jumladan, Uxandagi 10 dan ko‘proq daydi mushukda koronavirusga antitanalar aniqlangan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top