15:15 / 05.04.2020
6709

O‘zbekistonda 27 mingdan ortiq kishi karantin qoidalarini buzgani ma'lum qilindi

O‘zbekistonda koronavirus tufayli karantin choralari e'lon qilinishi boshlangan 16 martdan buyon bugungi kunga qadar karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 27 486ta holat aniqlandi.

IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, eng ko‘p — 4 641ta qoidabuzarlik Toshkent shahrida qayd etilgan. Toshkent viloyatida esa bunday holatlar soni 2 979 tani tashkil etmoqda. Respublika bo‘yicha aniqlangan qoidabuzarliklar esa quyidagicha:

  • Farg‘ona viloyatida – 3 223ta holat;
  • Samarqand viloyatida – 2 691ta holat;
  • Qashqadaryo viloyatida – 2 314ta holat;
  • Namangan viloyatida – 1 872ta holat;
  • Sirdaryo viloyatida – 1 650ta holat;
  • Andijon viloyatida – 1 570ta holat;
  • Jizzax viloyatida – 1 554ta holat;
  • Surxondaryo viloyatida – 1 416ta holat;
  • Xorazm viloyatida – 1 177ta holat;
  • Buxoro viloyatida – 1 162ta holat;
  • Navoiy viloyatida – 322ta holatni.
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 915ta holatni tashkil etmoqda.

«Karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top