18:16 / 05.04.2020
9499
Xorijda o‘qish mavzusida bepul mahorat darslari yo‘lga qo‘yilmoqda

Xorijdagi bir guruh o‘zbekistonlik yoshlar chet elda ta'lim olish bo‘yicha bepul onlayn mahorat darsini tashkil etmoqda.

O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasidan ma'lum qilishlaricha, vebinar shaklidagi mahorat darsi bugun, 5 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.

Birinchi vebinarda guruh mentorlari va uni tashkil qilishdan ko‘zlangan maqsad va rejalar haqida ma'lumot beriladi.

Suhbat so‘ngida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

Onlayn dars orqali mentorlar xorijiy OTMlarga BA, BS, MS, MBA, MD, PhD, PA, DO darajalari uchun o‘qishga topshirish, grantlar yutish, testlarda nimalarga e'tibor berish kerakligi haqida o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashadi.

Mahorat darslari Zoom platformasi orqali koronavirus tufayli ayni kunlarni uyda o‘tkazayotgan xorijdagi va O‘zbekistondagi talaba va yoshlarning vaqtini samarali o‘tishiga hissa qo‘shish maqsadida bepul tashkil etiladi.

Vebinarda qatnashish uchun avvaldan quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top