18:53 / 06.04.2020
16644

AQSh koronavirus aniqlanmagan Turkmanistonga deyarli 1 mln dollar ajratdi

AQSh hukumati koronavirus epidemiyasidan himoyalanish uchun Turkmanistonga 920 ming dollar ajratdi. Bu haqda TurkmenPortal xabar berdi.

Foto: RIA Novosti

Moliyaviy yordam mablag‘lari laboratoriyalarni tayyorlash, kasallikni aniqlash, epidemiologik nazoratni kuchaytirish va boshqa choralarni qo‘llashga sarflanadi. 

Rasmiy ma'lumotga ko‘ra, hozirgi vaqtda Turkmanistonda koronavirus yuqtirib olganlar aniqlanmagan. 

BMTning Turkmanistondagi vakili Yelena Panova bayonotiga ko‘ra, xalqaro tashkilot rasmiy statistikaga tayanadi. «Biz shu ma'lumot asosida ishlaymiz. Bu yerda ishonch bildirish haqida gap ketmayapti, shunchaki ishimiz shunday», — dedi u.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top