15:06 / 06.04.2020
5429
Fransiya iqtisodiyoti ikkinchi jahon urushidan keyingi eng katta yo‘qotishga uchrashi aytildi

Fransiya iqtisodiyoti joriy yilda juda katta yo‘qotishga uchraydi. Bu haqda mamlakat moliya vaziri Bryuno Le Mer ma'lum qildi. Vazirning aytishicha, 2020 yil zarar 2009 yilda yuz bergan jahon iqtisodiy inqirozi davridagidan ham kattaroq bo‘ladi. Bu Fransiya tarixidagi ikkinchi jahon urushidan keyingi eng katta yillik yo‘qotish bo‘ladi.

Foto: Reuters

«Yil oxirida iqtisodiyotimiz ko‘rsatkichi 2009 yilda sodir bo‘lgan eng yomon natijadan ham 2,2 foiz pastroq bo‘ladi. Bu biz ikkinchi jahon urushidan keyin duch keladigan eng yomon iqtisodiy qulash bo‘ladi», dedi Le Mer Senatda qilgan chiqishida.

Fransiya hukumati mart oyida o‘tkazgan shoshilinch yig‘ilishida joriy yilda mamlakat iqtisodiyoti 1 foizga pasayishi mumkinligi aytilgandi, ammo koronavirus tarqalishi tezlashgandan keyingi hisob-kitoblar zarar kutilganidan ancha katta bo‘lishini ko‘rsatdi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top