00:08 / 06.04.2020
107494
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanganlar soni 342 nafarga yetdi

So‘nggi 2 kunda 115ta yangi holat aniqlandi.

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni 32 nafarga oshib, 342 nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, oxirgi tasdiqlanganlarning barchasi statsionar sharoitida karantinga olingan fuqarolar orasidan aniqlangan.

O‘zbekistonda dastlabki bemor bundan 3 hafta oldin – 15 mart kuni qayd etilgan edi. 4-5 aprel kunlari zararlanish holatlari soni 33 foizga oshdi – jami 115ta yangi holat ma'lum bo‘ldi.

Shu bilan birga, 5 aprel kuni yana besh kishi sog‘ayib, jami tuzalganlar soni 30 kishiga yetdi. Bemorlarning 2 nafari vafot etgan.

Avvalroq 7 bemor og‘ir ahvolda ekani, ulardan biri o‘ta og‘ir ahvoldaligi ma'lum qilingan edi.

  • Toshkent vaqti bilan 6 aprelga o‘tar kechasi holatiga ko‘ra, dunyoda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 1 mln 260 mingga yaqinlashmoqda, ulardan 260 mingga yaqini tuzaldi. Virus 68 mingdan ortiq kishini hayotdan olib ketdi. 
  • Bemorlarning 330 mingdan ortig‘i AQShda – 17 mingga yaqish kishi sog‘aygan, 9,5 mingga yaqin o‘lim qayd etildi. Ispaniyada 130 ming aholi virus yuqtirib oldi, ulardan 38 ming kishi tuzalib, 12 mingdan ortig‘i vafot etdi. Italiyada 129 mingga yaqin bemorning 21 mingdan ortig‘i sog‘aydi, qurbonlar soni 15 mingdan ziyod. 
  • Rossiyada – jami holatlar 5389ta (355 kishi sog‘aydi, 45 kishi vafot etdi). Qozog‘istonda – jami holatlar 584ta (42 kishi sog‘aydi, 6 kishi vafot etdi). Qirg‘izistonda – jami holatlar 147ta (9 kishi sog‘aydi, 1 kishi vafot etdi). Afg‘onistonda – jami holatlar 349ta (15 kishi sog‘aydi, 7 kishi vafot etdi).

Dunyo miqyosida virus yuqtirib olganlarning o‘rtacha 5,4 foizi vafot etmoqda. 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top