19:18 / 06.04.2020
44163
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 397taga yetdi

O‘zbekistonda yana 7 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar soni 397taga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lum qildi.

Shu tariqa, 6 aprel kuni bemorlar soni 55 kishiga ortdi. Kecha, 5 aprelda 76 kishida virus tasdiqlangan edi.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, koronavirus aniqlangan hududlar soni 10taga yetgan – 5 aprelda Qoraqalpog‘istonda ham dastlabki bemorlar aniqlandi.

Ayni paytgacha 30 kishi sog‘aydi. Qurbonlar – 2 nafar: 72 yoshli namanganlik ayol (27 mart) va Toshkentda yashagan 39 yoshli erkak shifokor (28 mart).

6 aprel kuni Tashqi ishlar vazirligi Nyu-Yorkda 50-60 yoshlardagi 2 o‘zbekistonlik (bir ayol va bir erkak) vafot etganini tasdiqladi. Bu – xorijdagi O‘zbekiston fuqarolari orasida koronavirusdan dastlabki o‘lim holatlari bo‘ldi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top