23:40 / 06.04.2020
101761
O‘zbekistonda yana 60 kishida koronavirus qayd etildi

O‘zbekistonda yana 60 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar soni 457taga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lum qildi.

Shu tariqa, 6 aprel kuni bemorlar soni 115 kishiga ortdi. Kecha, 5 aprelda 76 kishida virus tasdiqlangan edi.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, koronavirus aniqlangan hududlar soni 10taga yetgan – 5 aprelda Qoraqalpog‘istonda ham dastlabki bemorlar aniqlandi.

Ayni paytgacha 30 kishi sog‘aydi. Qurbonlar – 2 nafar: 72 yoshli namanganlik ayol (27 mart) va Toshkentda yashagan 39 yoshli erkak shifokor (28 mart).

6 aprel kuni Tashqi ishlar vazirligi Nyu-Yorkda 50-60 yoshlardagi 2 o‘zbekistonlik (bir ayol va bir erkak) vafot etganini tasdiqladi. Bu – xorijdagi O‘zbekiston fuqarolari orasida koronavirusdan dastlabki o‘lim holatlari bo‘ldi.

Avvalroq Armanistonda bir nafar, Qozog‘istonda ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi virus yuqtirib olgani xabar qilingandi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top