10:45 / 06.04.2020
8493

Shotlandiya bosh shifokori karantinni buzgani uchun iste'foga chiqdi

Shotlandiya bosh shifokori Ketrin Keldervud koronavirus pandemiyasi vaqtida karantinni ikki marta buzgani uchun iste'foga chiqdi. 

Foto: AFP

Bu haqda Shotlandiya hukumati xabar qildi. 

U bosh shifokor sifatida odamlarga uyda qolishni tavsiya qilishiga qaramasdan, o‘zi bunga amal qilmay, dam olish kunlari sohilbo‘yida joylashgan hordiq chiqarish uyiga borgan. Uning harakatlanishi The Scottish Sun nashri fotomuxbirlari obektiga muhrlangan. Shuningdek, Keldervud karantin tartibini ikki marta buzgani aniqlangan va bu jamoatchilik tomonidan uning yanada qoralanishiga olib kelgan.

Bosh shifokor qoidalarni buzgani va noo‘rin xatti-harakatlari uchun uzr so‘ragan va Shotlandiya hukumati matbuot anjumanlaridan chetlatilgan. Shotlandiya bosh vaziri Nikola Sterjyen Keldervudni himoya qilishga uringan, biroq oxir-oqibat uni iste'foga chiqarishga qaror qilingan.

“Bugun kechki payt birinchi vazir bilan yana bir suhbatimiz bo‘lib o‘tdi va qilmishimga asosli e'tibor koronavirus pandemiyasini yengish uchun mamlakatga yordam berishda hukumat va tibbiy xodimlarni favqulodda muhim ishidan chalg‘itishi mumkinligiga rozi bo‘ldik. Men bosh shifokor lavozimidan yurakda og‘riq bilan iste'foga chiqmoqdaman”, deb aytgan Keldervud.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top