22:02 / 06.04.2020
9957
Son Xyon Min Janubiy Koreya armiyasiga jalb qilindi

Londonning «Tottenhem» klubi jamoa yarimhimoyachisi Son Xyon Minning Janubiy Koreya armiyasidan qachon qaytishini ma'lum qildi.

Foto: Getty Images

Klub bayonotida aytilishicha, futbolchi bir oy muddat davomida Janubiy Koreya armiyasida xizmat qiladi. Koreyalik futbolchi mart oyi yakunida Angliyadan yurtiga qaytgach, hozirgacha karantinda saqlanayotgan edi.

Koreyadagi majburiy xizmatni o‘tab bo‘lgach, futbolchi may oyida yana Londonga qaytib kelishi rejalashtirilgan. 

Ma'lumot uchun, Son Xyon Min qo‘li sinishi sababli hozirgacha tiklanish jarayonini o‘tayotgan edi.

Top