18:49 / 06.04.2020
5732

Tesla elektrokar detallaridan IVL apparatlari yasash jarayonini ko‘rsatdi

Ilon Maskning Tesla kompaniyasi elektromobil detallaridan IVL (o‘pkani sun'iy shamollatish) apparatlarini yasashni boshladi. 

Foto: Tesla

Tesla kompaniyasi koronavirus pandemiyasi tufayli elektromobillarni ishlab chiqarishni to‘xtatgan va IVL apparatlarini yig‘ishni boshlagan. Qizig‘i shundaki, tibbiy apparatni ishlab chiqarish jarayonida elektromobillarning ehtiyot qismlaridan foydalanilmoqda.

Tesla injyenerlari taqdim etgan videoda IVL apparatini yig‘ish jarayoni ko‘rsatilgan. Bunda ishlab chiqarish jarayonini jiddiy tarzda o‘zgartirmasdan, tez orada apparatlarni ommaviy tarzda yig‘ish yo‘lga qo‘yilishi qayd etilgan.

Tesla kompaniyasi asoschisi Ilon Mask koronavirus tarqalishi haqidagi xabarlarga jiddiy e'tibor bermayapti va uning oldini olishga qaratilgan choralarni «ahmoqona vahima» deb hisoblamoqda. Avvalroq u faqat hukumat bosimi ostida Tesla zavodlarini to‘xtatishga rozi bo‘ldi. Nyu-York shahri meri iltimos qilganidan so‘ng, tadbirkor «Nyu-York buyurtma berdi» iborasi bilan IVL apparatlarini yig‘ishni boshladi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top