07:35 / 06.04.2020
16116
Tramp Rossiya va Saudiya Arabistoni neftiga boj kiritish bilan tahdid qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp neft narxi hozirgi past qiymatda qolsa, import qilinuvchi neftga boj kiritishga va'da berdi.

Foto: REUTERS

Bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligi xabar berdi. 

“Agar ular [Rossiya va Saudiya Arabistoni] kelisha olmasa, men bojlar, juda katta bojlar kiritaman. Chunki hozir biz bu borada mustaqilmiz. Bizda o‘z neftimiz bor”, deb aytgan Tramp. 

Oq uy rahbari Vashington xorijiy neftni sotib olishni istamayotganini qo‘shimcha qilgan. 

Tramp avvalroq Rossiya va Saudiya Arabistoni rahbarlari neft qazib olish hajmini kuniga 10 mln yoki hattoki 15 mln barrelga qisqartirishga kelisha olishlari mumkinligini ta'kidlagan. Biroq uning aytishicha, AQShning o‘zi neft hajmini qisqartirish istagida emas.

Rossiya va Saudiya Arabistoni mart boshida neft olish hajmini qisqartirish bo‘yicha OPeK+ bitimini uzaytirishga erisha olmagan va bitimdan chiqib ketgan. Buning natijasida neft narxi joriy asr boshidan beri minimum qiymatgacha tushib ketgan. Keyinroq Vladimir Putin AQSh va Saudiya Arabistoni bilan neft bo‘yicha kelisha olishiga umid qilishini hamda bozorning barqarorligidan barcha manfaatdor ekanini aytgan.

Top