20:08 / 07.04.2020
14727
Dunyodagi eng baland bino qurilishi pandemiya sababli to‘xtatildi

Dunyoda eng baland bino bo‘lishi kutilayotgan Dubai Creek Harbour binosi qurilishi koronavirus pandemiyasi sababli to‘xtatildi.

Foto: Rex

Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.      

BAAning eng yirik developeri, binoning qurilishi bilan shug‘ullanayotgan Emaar Properties kompaniyasi qurilishdagi ishlarni muzlatishga majbur bo‘lgan. Shuningdek, boshqa obektlar qurilishi ham qat'iy karantin sababli to‘xtatilgan. 

Narxi 1 mlrd dollarga baholanayotgan Dubai Creek Harbour minorasi oktyabrda o‘tishi rejalashtirilgan “Ekspo-2020” xalqaro ko‘rgazmasi boshlanishigacha qurib bitkazilishi kerak edi. Bino amaldagi eng baland bino – Burj-Halifadan (828 metr) 100 metr balandroq bo‘lishi rejalashtirilgan.      

Ta'kidlanishicha, shuningdek, kompaniya ishchilarining maoshi 2 barobarga qisqartirilgan. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top