20:59 / 07.04.2020
7136
Dunyoning eng boy 100 kishisi pandemiya sababli 408 mlrd dollar yo‘qotdi

Ikki oy ichida dunyoda milliarderlar soni koronavirus pandemiyasi sharoitida 20 foizga kamayib, ayni vaqtda 2253 kishini tashkil qilmoqda.   

Xususan, sayyoramizning eng boy 100 kishisining umumiy boyligi shu 2 oy ichida 408 mlrd dollarga kamaygan. Bundan Shanhayning Hurun Institute tashkiloti ma'lumotlari darak bermoqda.

Ushbu tashkilot har yili dunyodagi milliarderlar soni bo‘yicha ma'ruza tayyorlaydi va uning Hurun Global Rich List 20 ro‘yxati oxirgi marta 31 yanvarda chiqqan. Kompaniya 6 aprelda e'lon qilgan maxsus ma'ruzada fevral-mart oylari uchun ma'lumotlar keltirilgan.

Ushbu ro‘yxatga kirgan 100 milliarderning 86 foizi fevral-mart oylarida yo‘qotishlarga uchragan, 9 foizi daromadini ko‘paytira olgan. Yana 5 foiz milliarderlarning boyligi o‘zgarmagan. Umuman olganda milliarderlar kuniga 75 mln dollardan yo‘qotishgan.

Eng katta yo‘qotishga fransuz milliarderi Bernar Arno uchragan. LVMH Moet Hennessy Louis Vuitton kompaniyalari guruhi egasining boyligi kompaniya aksiyalari narxi qulagandan keyin yanvar oyidagi 107 mlrd dollardan 77 mlrd dollargacha kamayib ketgan.  

Amazon kompaniyasi bosh ijrochi direktori Jyeff Bezos oxirgi 2 oyida ichida 9 mlrd dollar yo‘qotgan, biroq u hamon 131 mlrd dollarlik boylik bilan dunyoning eng boy odami bo‘lib qolmoqda.  

Bu orada Zoom videoanjumanlar platformasi asoschisi Yuan Chjenning boyligi 3,5 mlrd dollardan 8 mlrd dollargacha ko‘paygan. Kompaniya aksiyalari 2 oy ichida 2 barobar qimmatlashgan.  

Hurun’ning yanvardagi ma'ruzasiga ko‘ra, dunyoda 2816 ming milliarder bo‘lgan. Oxirgi 2 oy ichida ularning soni 20 foizga qisqarib, hozirda 2253 nafarni tashkil qilmoqda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top