23:29 / 07.04.2020
17470

JSST: dunyoda koronavirus pandemiyasi tugashi haqida taxmin qilishga hali erta

JSST vakilining so‘zlariga ko‘ra, koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina uchun 20ta dori ko‘rib chiqilmoqda.

Foto: PTI

Dunyoda koronavirus pandemiyasi tugashini taxmin qilishga hali erta, bu mavzuni ikki haftadan keyin ko‘tarib chiqish mumkin. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich ma'lum qildi.

"Bu haqda gapirishga hali erta. Hozirda turli mamlakatlarda tahlillar, modellashtirish o‘tkazilmoqda, yuqoriga harakatni sekinlashtirish kerak. Barchasi ko‘rilayotgan choralar va virus aholidan qanday o‘tishiga bog‘liq. Ehtimol, bu haqda ikki haftadan keyin gapirarmiz", - dedi Vuynovich.

JSST vakilining so‘zlariga ko‘ra, koronavirusga qarshi dorilar ustida klinik tadqiqotlar olib borilmoqda. 

"Ayni paytda koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina uchun 20ta dori ko‘rib chiqilmoqda", - dedi u.

JSSTning ma'lumot berishicha, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 1,28 million kishiga yetgan, 72 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top