17:20 / 07.04.2020
11559
Koronavirus effekti: restoranlar oziq-ovqat do‘konlariga aylantirilmoqda

Koronavirus restoran biznesida ayanchli oqibatlarni keltirib chiqardi. Hattoki eng muvaffaqiyatli loyihalar ham daromad kamayishiga duch keldi va xodimlarini ommaviy ravishda bo‘shatishga majbur bo‘ldi.

Foto: Justin Sullivan/Getty Images

O‘tgan haftada AQSh restoranlar milliy assotsiatsiyasi ushbu sohaning daromadi yaqin uch oy ichida 225 mlrd dollarga kamayishi va besh milliondan yetti milliongacha ish o‘rni yo‘qolishi mumkinligi to‘g‘risida o‘z taxminini e'lon qildi.

Koronavirus restoran biznesida ayanchli oqibatlarni keltirib chiqardi. Hattoki eng muvaffaqiyatli loyihalar ham daromad kamayishiga duch keldi va xodimlarini ommaviy ravishda bo‘shatishga majbur bo‘ldi.

Ayrim restoranlar allaqachon yopildi. Boshqalari esa omon qolish uchun do‘konlarga aylantirilmoqda.

Los-Anjyelesdagi Dog Haus Worldwide restoranlar tarmog‘i ana shunday yo‘l tutdi va o‘z omborlaridagi mahsulotlarni sotishni yo‘lga qo‘ydi. Hozirda tarmoqqa qarashli to‘qqizta restoran mahsulot sotuvini amalga oshirmoqda.

Dog Haus — «mijozlar ehtiyojini qondirishga o‘tgan» yagona brend emas. Masalan, Texas Roadhouse tarmog‘iga qarashli ayrim restoranlar go‘sht, kartoshka, ziravorlar va non sotishga o‘tdi.

Vashingtondagi Farmers Restaurant Group hammuassisi Den Saymons Twitter orqali uning restoranlari oziq-ovqat mahsulotlari do‘koniga aylanishini e'lon qildi.

«Kompaniyamiz siz do‘kondan sotib olmoqchi bo‘lgan barcha mahsulotlarni uyingizga olib borib beradi. Tasavvur qiling, tuxum, salat, qog‘oz sochiqlar, ichimliklar...», — deb yozdi u.

Farmers saytida yangi xizmatdan foydalanish mumkin bo‘lgan restoranlar ro‘yxati berilgan.

Nyu-York, Konnektikut va Bostonda 50dan ortiq muassasalariga ega Juice Press sog‘lom ovqatlanish tarmog‘i JP Grocery nomi ostida onlayn-supermarket tashkil etdi.

Global pandemiya boshqa mamlakatlardagi restoranlarni ham ana shunday yo‘l tutishga majbur qilmoqda. Britaniyadagi Leon tarmog‘i o‘zining 75ta restoranini mini-supermarketlarga aylantirmoqda.

Xitoydagi KFC tarmog‘i esa uyda taom tayyorlash uchun mahsulotlar yetkazib berishni allaqachon yo‘lga qo‘ygan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top