22:40 / 07.04.2020
4290
Koronavirus epidemiyasi o‘chog‘i bo‘lgan Uhandan chiqish yo‘llari ochildi

Xitoy ma'muriyati koronavirus epidemiyasi o‘chog‘i bo‘lgan va 76 kun tashqi dunyodan uzilgan Uhan shahridan chiqish yo‘llarini ochdi.

Foto: Getty Images

8 aprelga o‘tar kechasi hukumat trassalarni ochib, odamlarga shahardan mashinalarda chiqishiga ruxsat berdi. Bu voqeaning jonli translatsiyasini Xitoy markaziy televideniyesi olib borgan.

11 mln kishilik Uhan koronavirus avj olishi sababli 23 yanvardan tashqi dunyodan izolyatsiya qilingandi. Shahar bilan transport aloqasi to‘liq to‘xtatilgan. Shaharga suv transporti ham kiritilmagan, aeroport va temir yo‘llari vokzallari ishlamagan. Uhanliklarga shaharni maxsus ruxsatsiz tark etish taqiqlab qo‘yilgandi.

28 martdan Uhanga poyezdlar kirishiga ruxsat berilgandi, 8 apreldan esa undan chiqish ham mumkin bo‘ladi. Shuningdek, aviaaloqani qisman tiklash rejalashtirilgan. 

Shahar koronavirus tarqalishi oldini olish uchun 76 kun qat'iy izolyatsiyada bo‘lgan. 

Ta'kidlash joiz, shahardan chiqish ochilishi oldidan shosseda Uhandan chiqishni istayotganlar mashinalari to‘plangan.

Global Times nashrining yozishicha, 8 aprelda shaharni poyezdda 55 mingga yaqin odam, asosan shahardan tashqarida ishlovchi odamlar tark etadi. Uhan ma'muriyati shahardan chiqishga ruxsat berilganiga qaramay, aholini uni zaruratsiz tark etmaslikka chaqirgan.

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, oxirgi 2 hafta ichida Uhanda koronavirusdan bor-yo‘g‘i 2 ta kasallanish holati qayd etilgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top