17:06 / 07.04.2020
27408
Nyu-Yorkda vafot etgan o‘zbekistonliklardan biri qo‘shiqchi Rustam Samarqandiy ekani ma'lum bo‘ldi

O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi 6 aprel kuni 1969 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi R.X. koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish natijasida mahalliy klinikada vafot etganini ma'lum qilgandi.  

Rustam Samarqandiy

Jurnalist Karim Bahriyevning Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, ushbu shaxs o‘zbekistonlik mumtoz kuylar qo‘shiqchisi Rustam Hojimuhammedov bo‘lgan. U ijodiy faoliyatini Rustam Samarqandiy taxallusi bilan olib borgan. 

COVID-19 tufayli AQShda vafot etgan uchinchi o‘zbekistonlik marhumning Rustam Samarqandiy bo‘lgani haqida Filadelfiya radiosi  rahbari Bahodir Qudratov ham ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozib qoldirgan. 

Hojimuhammedovda kasallik alomatlari 22 mart kuni aniqlangan va ahvoli keskin yomonlashgach, 2 aprel kuni kasalxonaga yotqizilib, o‘pkani sun'iy shamollatish apparatiga ulangan hamda sun'iy koma holatiga tushirilgan. Ammo ko‘rsatilgan tibbiy amaliyotlar foyda bermay, u 6 aprel kuni vafot etgan.

Bundan avvalroq Nyu-Yorkda ikki o‘zbekistonlik (bir ayol va bir erkak) koronavirusdan vafot etgani haqida xabar berilgan edi. 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top