15:02 / 07.04.2020
84426
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 500dan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 32 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 7 aprel soat 15:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 504 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zbekistonda dastlabki bemor 15 mart kuni aniqlangan edi. Aprel oyida bemorlar soni sezilarli darajada ko‘paya boshladi, 5-7 aprel kunlari 200dan ortiq kishida virus aniqlandi.

Shu vaqtgacha bemorlarning 30 nafari sog‘aygan, 2 kishi vafot etgan.

Top