15:32 / 07.04.2020
64407

Qoraqalpog‘istondagi ilk bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatgan hamshira koronavirus yuqtirib oldi

7 aprel holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonda koronavirusga chalingan bemorlar soni 11 nafarni tashkil etmoqda, deb xabar berdi Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Foto: tengrinews.kz

Avvalroq Nukus shahrida yashaydigan erkak va uning onasida koronavirus aniqlangach, ular bilan muloqotda bo‘lgan kishilar karantinga olinib, ulardan ham tahlillar olingan.

Tahlil natijalariga ko‘ra, yana quyidagilarda COVID-19 kasalligi aniqlangan:

‒ ilk bemor sanalgan erkakning ayoli va ularning ikki qizida;
‒ ilk bemor va uning onasiga tibbiy yordam ko‘rsatgan hamshira va uning qizida;
‒ ilk bemor bilan birga ishlaydigan boshqa bir erkakda;
‒ Favqulodda vaziyatlar vazirligida xizmat safari bilan Toshkent shahridan kelgan 3 nafar erkak kishida.

Hozirda kasallanganlar Respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Ularning ahvoli o‘rtacha darajada.

Epidemiologik tekshirish ishlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston miqyosida koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 504ta holat aniqlangan. Ulardan 30 kishi sog‘aydi, 2 bemor vafot etdi.

Koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash paytida virusni yuqtirib olgan tibbiyot xodimlariga 100 million so‘m miqdorida bir martalik to‘lov belgilangan. Buning oqibatida ular og‘ir ahvolga tushsa yoki sog‘lig‘i tiklanmagan taqdirda, ularga yoki oila a'zolariga 250 mln so‘m to‘lab beriladi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top