19:56 / 07.04.2020
8807

Sirdaryo viloyatida koronavirus sharoitida bank tizimi ishlashi sektor rahbari va markaziy bank rahbarlari nazoratida

Bugun Sirdaryo viloyat 2-sektor rahbari va Markaziy bank viloyat Bosh boshqarmasi boshlig‘i tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qaror va farmoyishlari ijrosini ta'minlash borasida nafaqat viloyat markazidagi, balki chekka tuman va shaharlarda joylashgan tijorat banklarida ham olib borilayotgan ishlar ahvoli va bu borada mijozlar fikri o‘rganildi.

Jumladan, Agrobank Sardoba filiali mijozi Fotima Sagatova va Zokir Ismoilovlar o‘tkazilgan suhbat davomida bank binosiga kiraverishda bank xodimlari tomonidan mijozlarning qo‘llari antiseptik vositalar bilan ishlov berilayotganligi, bank binosi ichida ijtimoiy masofaga rioya etish bo‘yicha nazorat o‘rnatilganligi va eng asosiysi bank xizmatlari tezkor ravishda amalga oshirilayotganligini ta'kidlashdi. 

Xususan, tijorat banklari tomonidan bugungi sanitariya-epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda mijozlarga ijtimoiy masofani saqlagan holda xizmat ko‘rsatishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Bunda dastlab bank binosiga tashrif buyurgan mijozlarning qo‘llari antiseptik vositalar bilan ishlov berilmoqda.

Shuningdek, bank xodimlari himoya niqoblari (maska) hamda antiseptik vositalar bilan ta'minlangan.

Bundan tashqari, 24/7 kecha-yu kunduz ishlaydigan shoxobchalarda o‘rnatilgan bankomat va infokiosklar muntazam ravishda dezinfeksiya qilinishi ta'minlanmoqda.

O‘z navbatida, Xalq banki xodimlari maxsus himoya kiyimlar hamda antiseptik vositalar bilan ta'minlangan holda viloyat hududdida istiqomat qiluvchi 72 mingdan ziyod pensionerlarning xonadonlariga sterillangan pullarni alohida plyonka qoplama bilan o‘rab tarqatmoqda.

Shuni alohida ta'kidlab o‘tish lozimki, bugungi kunda barcha tijorat banklari tomonidan mijozlarga qulayliklar yaratish maqsadida mobil ilovalar orqali uydan chiqmagan holda bank xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ushbu yangiliklar to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Top