17:16 / 07.04.2020
3636
Toshkentda giyohvandlik moddalari savdosi bilan shug‘ullanayotgan shaxslar aniqlandi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda poytaxtimizning Sirg‘ali tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Tadbir davomida mazkur tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro K.Z. opiy giyohvandlik vositasini yashirincha sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Shundan so‘ng, fuqaro K.Z.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida bu yerda ham narkotik va boshqa kuchli ta'sir qiluvchi moddalar noqonuniy ravishda yashirincha saqlanayotganligi fosh etildi.

Tezkor tadbir davomida fuqaro A.B.dan jami 3,95 gr. Opiy giyohvandlik vositasi hamda tarkibida  giyohvandlik moddalari bo‘lgan
89 dona «Tramadol» tabletkalari, 3 dona «Pregabalin» kapsulalari, 1 dona 10 ml. «Tropikamid» dori vositalari olib qo‘yildi.

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Top