23:35 / 07.04.2020
24252
Tramp JSSTni tanqid qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti AQShda koronavirus epidemiyasining oldini olish uchun oz ish qilgani va Xitoydagi vaziyatga juda ko‘p vaqt ajratganini aytdi.  

Foto: Reuters

U bu haqda tvitterda yozdi.

“JSST barchasini uddalay olmadi. Noma'lum sababga ko‘ra asosan AQSh tomonidan moliyalashtiriluvchi tashkilot barcha e'tiborini Xitoyga qaratdi. Biz bu masalani batafsil o‘rganib chiqamiz”, deb aytgan Tramp.

“Yaxshiyamki, men boshidan ularning Xitoy bilan chegaramizni ochiq ushlashimiz kerakligi haqidagi tavsiyasini rad etdim. Nima uchun ular bizga bunday zararli tavsiya berishdi?”, deb yozgan AQSh prezidenti.

Trampning bu dalillari Wall Street Journal nashridagi maqolada ham keltirilgan. Nashrda JSST Xitoy hukumati izmida yurib, koronavirus pandemiyasini e'lon qilishni cho‘zgani aytilgan.

Tramp koronavirus xavfini yetarlicha baholamagani sababli bir necha bor tanqidga uchragan. Politico nashrining yozishicha, fevraldayoq mutaxassislar Trampni koronavirus avj olishi oldini olish uchun ortga surib bo‘lmaydigan choralar ko‘rishga chaqirishgan, biroq AQSh prezidenti “barchasi uning nazoratida ekanini” aytib kelgan. Keyinroq esa Tramp barchasiga koronavirusdan o‘lim darajasi noto‘g‘ri baholagan JSST aybdorligini, uning o‘zi esa yuz berayotgan voqealarning jiddiyligini boshidan anglaganini ta'kidlay boshlagan. 

AQShda koronavirusdan kasallanganlar va o‘limlar soni jadal ko‘payib bormoqda. Hozirda mamlakatda koronavirusdan kasallanganlar soni 400 mingga yaqinlashib qoldi, virus qurbonlari soni esa 24,5 mingni tashkil qilmoqda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top