16:37 / 07.04.2020
10123
Trampning maslahatchisi koronavirusdan yarim million kishi o‘lishi mumkinligi haqida yanvardayoq aytgani ma'lum bo‘ldi

AQSh hozirda koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turibdi.

Foto: Pete Marovich / Getty Images

AQSh prezidenti Donald Trampning maslahatchisi Piter Navarro yanvardayoq  davlat rahbarini koronavirus epidemiyasi oqibatlaridan ogohlantirgani ma'lum bo‘ldi. The New York Times gazetasi uning hisobotini chop etdi.

Gazetada qayd etilishicha, Amerika prezidenti chora ko‘rishni 29 yanvardagi ogohlantirishdan ancha keyin boshlagan. Navarro virus AQShga trillionlab dollarga tushishi mumkinligini yozgan. 

Hisobotda aytilishicha, vaksina yo‘qligi natijasida millionlab kishilar kasallanish yoki o‘lim xavfiga duch keladi.

Oq uy maslahatchisi yarim million amerikalik koronavirusdan vafot etishi mumkinligini eslatgan. Navarro shuningdek, epidemiyaning pandemiyaga aylanib ketishini yozgan. 23 fevraldagi ikkinchi hisobotida esa u 100 million kishi kasallikka chalinishi va 1,2 million kishi vafot etishini ta'kidlagan.

AQSh hozirda koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turibdi (350 mingdan ortiq). Vafot etganlar 10 mingdan oshdi, tuzalganlar soni 19 ming kishini tashkil etmoqda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top