11:45 / 07.04.2020
15605
Uyda qoling: sevimli taomingiz yo‘lda kelmoqda

Hozir butun dunyo bo‘ylab tarqalgan epidemiya vaqtida inson o‘z salomatligi uchun eng avvalo o‘zi javobgar bo‘lib qolmoqda. Bunday vaziyatda ijtimoiy masofani saqlagan holda karantin tugaguniga qadar uyda qolish – eng to‘g‘ri tanlovdir.

Uyda ham oila a'zolaringiz bilan karantinni yoqimli o‘tkazish imkoniyati mavjud. Biron bir qiziqarli filmni tomosha qila turib, sevimli taomlarni tanovul qilishga nima yetsin? Pitssa yoki issiqqina lavash, yo bo‘lmasam, tansiq milliy taomlar. Yana qo‘shimchasiga mazali desert ham bo‘lsa... Bringo siz istagan taomni tezda xonadoningizga yetkazib beradi.

 

Bringo shu vaqtga qadar 300dan ortiq restoran va kafelar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Biroq hozirda koronavirus tufayli ayrim kompaniyalar o‘z faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatganligi sababli siz 100ga yaqin restoranlar taomlariga buyurtma berishingiz mumkin.

Buyurtmalar Toshkent shahri bo‘ylab qabul qilinadi va manzilga imkon qadar 1 soat ichida yetkazib beriladi. Bringo kompaniyasi karantin vaqtida barcha mahsulotlarning sanitar-gigiyenik holatini nazoratdan o‘tkazgan holda buyurtmangiz xavfsiz yetib borishiga kafolat beradi. Buyurtmalar 24/7 ish rejimida (ya'ni haftaning 7 kuni, 24 soat davomida) qabul qilinadi.

Taom hamda shirinliklarni tanlash va buyurtma berishda mijozlar qulayligi uchun bir necha platformadan foydalanishi mumkin.

1.     Android yoki iOS mobil aloqa vositalari foydalanuvchilari quyidagi ilovani yuklagan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri mobil ilova orqali buyurtma berishi mumkin:

Android: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.bringo&hl=ru

iOS: https://apps.apple.com/us/app/bringo/id1470378530

2.     Kompaniyaning rasmiy saytida ham onlayn buyurtma berish imkoniyati mavjud: https://bringo.uz/

3.     Telegramdan @bringobot boti orqali menyular bilan osongina tanishish va buyurtma berish;

Bringo jamoasi siz va yaqinlaringizga salomatlik tilab qoladi.

Uyda qoling va mazali taomlarga buyurtma bering, karantinni zavqli va yoqimli o‘tkazishda esa Bringo xizmatingizga hamisha tayyor!

Reklama huquqi asosida

Top