22:16 / 08.04.2020
9969

BMW tibbiy niqoblar ishlab chiqarishni boshlaydi 

Germaniyaning BMW avtomobilsozlik kompaniyasi o‘z xodimlari va aholini koronavirusdan himoyalash uchun tibbiy niqoblar ishlab chiqarishni boshlaydi.

Foto: Freeo news

Kompaniyada ma'lum qilinishicha, kuniga bir necha yuz ming niqob ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Kompaniya Bavariya hukumatiga 2 mlndan ko‘proq tibbiy qo‘lqop va 50 mingta niqob bergan. Bundan tashqari, yaqin 2-3 hafta ichida yana bir millionta niqob taqdim qilinadi.

Avvalroq kompaniya asosiy korxonalarida ishlab chiqarishni aprel oxirigacha to‘xtatib turishini ma'lum qilgan. Bu kompaniyaning Yevropa, AQSh va Meksikadagi zavodlari va Germaniyada mototsikllar ishlab chiqaruvchi korxonalarini qamrab oladi.

BMW’ning 1-chorakdagi savdosi yillik ifodada 20,6 foizga tushib ketib, 477111 avtomobilni tashkil qilgan. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top