23:21 / 08.04.2020
42432
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 546taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 1 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 8 aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 546 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zbekistonda dastlabki bemor 15 mart kuni aniqlangan edi. Aprel oyida bemorlar soni sezilarli darajada ko‘paya boshladi, Jami 546ta holatning yarmidan ko‘pi – 320tasi so‘nggi besh kun ichida aniqlandi.

Shu vaqtgacha bemorlarning 30 nafari sog‘aygan, 3 kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top