00:01 / 08.04.2020
37440
Reanimatsiyaga joylashtirilgan Boris Jonsonning holati haqida ma'lum qilindi

Jonson koronavirusga chalingani to‘g‘risida 27 mart kuni ma'lum qilgandi. O‘shandan buyon u o‘z-o‘zini izolyatsiya qilgan va ishlashda davom etayotgandi.

Foto: CNN

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning holati barqaror, u reanimatsiya bo‘limida shifokorlar kuzatuvida bo‘lib turibdi. Bu haqda hukumat devonxonasi vakili ma'lum qildi.

"Bosh vazirning holati barqaror, u intensiv davolash palatasida qolmoqda. Uning kayfiyati yaxshi", - deyiladi devonxona vakilining bayonotida.

Avvalroq uning vazifasini bajarib turgan mamlakat tashqi ishlar vaziri Dominik Raab koronavirusga chalingan Boris Jonson kasallikni yengishiga umid bildirgandi.

Jonson koronavirusga chalingani to‘g‘risida 27 mart kuni ma'lum qilgandi. O‘shandan buyon u o‘z-o‘zini izolyatsiya qilgan va ishlashda davom etayotgandi.

Boris Jonson 3 aprel kuni videomurojaatida unda yuqori harorat saqlanib turganini aytdi. 5 aprel kuni Jonson kasalxonaga yotqizilgani ma'lum qilindi. Ertasi kuni esa Jonsonning ahvoli yomonlashgani va reanimatsiya bo‘limiga joylashtirilgani e'lon qilindi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top