13:48 / 08.04.2020
12549

Stomatologik muassasalar uchun hech qanday cheklovlar yo‘qligi ma'lum qilindi

Karantin davrida stomatologik yo‘nalishdagi davolash-profilaktika muassasalari avvalgidek faoliyat olib boradi, ular uchun hech qanday cheklovlar yo‘q. Bu haqida Bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ma'lum qildi. 

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov AOKAda o‘tkazilgan brifing vaqtida karantin vaqtida koronavirusni davolash bilan bog‘liq bo‘lmagan tibbiyot markazlari va kasalxonalarning ishlashi haqidagi savolga javob berdi. 

«Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 30 martdagi xatiga muvofiq, koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat vaqtida Toshkentda respublika darajasidagi 12ta davolash-profilaktika muassasalari faoliyat olib borishni davom ettiradi.

Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ham ana shu ro‘yxatga kiritilgan.

Bundan tashqari, stomatologiya yo‘nalishidagi davolash-profilaktika muassasalari avvalgidek faoliyat olib boradi, ular uchun hech qanday cheklovlar yo‘q», deya  Nurmat Otabekovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top