18:30 / 08.04.2020
2975
Tesla maoshlar kamayishi va ayrim xodimlar ishdan bo‘shatilishini e'lon qildi

Kompaniya Kaliforniyadagi elektromobillar va Nyu-Yorkdagi quyosh panellari ishlab chiqaruvchi zavodlari ishini 24 martda to‘xtatgandi. 

Foto: Getty Images

Milliarder Ilon Maskka qarashli Tesla kompaniyasi koronavirus sababli AQShdagi zavodlari yopilishi tufayli xodimlarning oylik maoshlari qisqartirilishini e'lon qildi. Kompaniyaning Shimoliy Amerikadagi rahbari Valeri Kapers Vorkman ikkinchi chorakda barcha yollanma ishchilarning maoshi vaqtincha qisqartirilishi to‘g‘risida maktub yo‘lladi, deb yozmoqda Protocol nashri.

Qayd etilishicha, kompaniyaning vitse-prezident va undan yuqori lavozimdagi rahbarlarining maoshi 30 foizga, direktorlarniki 20 foizga qisqartiriladi. Qolgan barchaning oyligi 10 foizga kamayadi.

Tesla shuningdek, muhim hisoblanmaydigan va masofadan ishlay olmaydigan xodimlarining bir qismini ham ishdan bo‘shatadi.

Maosh qisqarishi va ishdan bo‘shatishlar 13 apreldan boshlanadi.  

Kompaniya Kaliforniyadagi elektromobillar va Nyu-Yorkdagi quyosh panellari ishlab chiqaruvchi zavodlari ishini 24 martda to‘xtatgandi. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top