07:26 / 08.04.2020
10200
Twitter asoschisi koronavirusga qarshi kurashga bir milliard dollar xayriya qildi

Twitter asoschisi Jyek Dorsi koronavirusga qarshi kurashga bir milliard dollar xayriya qilganini ma'lum qildi.

Foto: Getty Images

“Men Square’dagi 1 mlrd dollarlik aksiyalarni, ya'ni boyligimning 28 foizini koronavirusga qarshi global yordamni moliyalashtirish uchun Start Small jamg‘armasiga yo‘llayman”, deb ma'lum qilgan Dorsi tvitterda.

Uning aytishicha, pandemiyaga barham berilgach, jamg‘arma o‘z e'tiborini ta'limga qaratadi.

Dorsi o‘z xayriyasining oshkora ko‘rinishga egaligini ta'kidlab o‘tgan. “Men boshqalar ham o‘rnak olishi uchun o‘z ishingni ko‘rsatish muhim deb hisoblayman”, deb aytgan Twitter asoschisi.

U o‘z xabariga uning xayriyasi 997 818 354 dollarni tashkil qilganini ko‘rsatuvchi jadvalni ilova qilgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top