19:51 / 08.04.2020
7045
Xitoyning Rossiya bilan chegarasidagi shahri karantinga yopildi

Xitoyning chegaradagi Suyfinxe shahri qo‘shni Rossiyadan koronavirusga chalinganlar kirib kelayotgani sababli karantinga yopildi.  

Foto: Getty Images

Shahar Xeylunszyan provinsiyasida joylashgan. Provinsiyada koronavirusga chalinganlar soni bir kunda 25 nafargacha oshgan. Hukumatning fikricha, bu holat Rossiyadan kasallanganlar kelayotgani sababli yuz bermoqda.

Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi

Shahar aholisiga o‘z uylarida qolish buyurilgan: bir oiladan bir kishi birinchi ehtiyojdagi buyumlar xarid qilgani kuniga 3 marta tashqariga chiqa oladi va shu kuniyoq uyga qaytishi kerak.

Suyfinxeda 60 mingdan ko‘proq mahalliy aholi va 100 mingdan ko‘proq boshqa yerdan kelganlar yashaydi. Bu shahar Xitoy va Rossiya o‘rtasida provinsiyadagi eng yirik o‘tish joyi hisoblanadi.   

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top