15:12 / 09.04.2020
15873

Andijon shahrining eng tirband ko‘chasida piyodalar uchun yer usti ko‘prigi qurilmoqda

Ko‘p yillardan beri Andijon shahrida eng katta tirbandliklar yuzaga kelayotgan Boburshoh ko‘chasidagi «Xolis» bozori atrofi haydovchi va piyodalarga noqulaylik tug‘dirayotgan edi. Kuni kecha ko‘chaning tirbandliklar hosil bo‘ladigan qismida piyodalarga qulaylik yaratish uchun yer usti ko‘prigi qurish ishlari boshlandi.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, piyodalar uchun ko‘prik qurish ishlari «Xolis» MChJ tomonidan olib borilmoqda.

 
Andijon shahrining eng tirband ko‘chasida piyodalar uchun yer usti ko‘prigi qurilmoqda

Andijon shahrining eng tirband ko‘chasida piyodalar uchun yer usti ko‘prigi qurilmoqda 👉 https://kun.uz/28046339

Posted by Kun.uz on Thursday, April 9, 2020

«Yer usti ko‘prigining balandligi 5 metr bo‘lib, inshoot piyodalarga qulaylik yaratish bilan birgalikda shahar husniga ko‘rk qo‘shadigan o‘ziga xos arxitektura yechimi bilan quriladi.

Ayni paytda jadal ravishda qurilish ishlarini olib boryapmiz. Nasib qilsa, ko‘prigimiz may oyida bitkazilib foydalanishga topshiriladi», deydi «Xolis» MChJ xodimi Shavkatbek Jumaboyev.

Uning aytishicha ko‘p yillardan beri tirbandliklar yuzaga kelayotgan joyga yer osti yo‘li qurish rejasi ham bo‘lgan, biroq ko‘cha ostidan ko‘plab kommunikatsiya tizimlari o‘tgani sabab, piyodalar uchun ko‘prik qurish loyihasini amalga oshirish tanlangan.

Top