10:44 / 09.04.2020
9931
AQShda 16 yoshli uchuvchi qishloq kasalxonalariga yordam yetkazmoqda

​​​​​​​2020 yil 27 mart kuni olingan mazkur fotosuratni Tomas Junior Kim Associated Press’ga yuborgan. Suratda navbatdagi parvoz oldidan 16 yoshli o‘quvchi tibbiyot vositalarini samolyotga yuklayotgani aks etgan.

Tomas Junior Kim Merilend shtati Betesda shahridagi Landon maktabi o‘quvchisi. 15 yoshidan uchuvchilik kursiga qatnay boshlagan. Mamlakat bo‘ylab maktablar yopilib, sport musobaqalari to‘xtatilgach, ko‘pchilik qatori Kim ham tushkunlikka tushadi. Ammo ko‘p o‘tmay «SOS — osmon orqali yetkazish» operatsiyasida ishtirok etishga qaror qiladi.

Parvozlar bo‘yicha konstruktor uning tashabbusini dastlab keskin rad etadi, ammo qayta-qayta murojaat etavergach, unga yordam berishga rozi bo‘ladi.

Koronavirus mamlakatdan sportni olib ketdi, ammo 16 yoshli o‘quvchi Tomas Junior Kim yolg‘iz yashashga qodir emas, deb yozadi Associated Press.

Kim lakross o‘yini mashg‘ulotlarini rahm-shafqat missiyasiga aylantirdi. U yordamga muhtoj chekka kasalxonalarga zaruriy tibbiy vositalarni yetkazib bermoqda. U har hafta kichik shifoxonalarga qo‘lqop, niqob, xalat va boshqa jihozlarni olib boradi.

Aytaylik, yaqinda amalga oshirgan parvozida u Vinstoksdagi shifoxonaga yordam berish uchun 3000 dona qo‘lqop, 1000ta bosh kiyimi, 500 dona poyabzal va yuzlab boshqa tibbiyot jihozlari olib borgan.

Kim shifoxonalarda o‘zini qanday kutib olishgani va u yerdagi vaziyat haqda jurnalistlarga so‘zlab bergan.

«Dastlab ular meni ko‘rib sergak tortishdi. Ular menga haqiqatan ham unutilganliklarini aytishdi. Chunki aksariyat odamlar faqat shahar shifoxonalariga yordam qilmoqda. Aslida har bir shifoxona qiynalmoqda. Qishloq kasalxonalari haqiqatan ham unutilgandek tuyuladi», degan u.

Uning bu ishini otasi Tomas Kim ham qo‘llab-quvvatlagan: «Men o‘g‘limga bu ishning eng qiyin qismi — jihozlarni to‘plashga yordam bermoqdaman», degan u.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top