16:46 / 09.04.2020
7849
Bangkokda COVID-19 sababli alkogol sotuvi taqiqlandi

Ayni paytgacha Rayong, Supxanburi, Surin, Lampxun, Sakonnakxon, Pxitsanulok, Buriram, Nakxonpatxom, Mukdaxan, Samutsongkram provinsiyalari va Chiangmay shahrida alkogol mahsulotlari sotuvi taqiqlangandi.

Foto: RIA Novosti

Tailand poytaxti Bangkok shahri ma'muriyati koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashish doirasida 10 apreldan 20 aprelgacha shahar hududida alkogol mahsulotlari sotuvini taqiqladi. Bu haqda Tailand hukumati matbuot kotibining o‘rinbosari Ratchada Txanadirek o‘zining Twitter-akkauntida ma'lum qildi.

"Yana bir terrirtorial hududda alkogol mahsulotlari sotuvi taqiqlandi: Bangkokda 10 apreldan 20 aprelgacha taqiq joriy etildi", - deb yozdi u.

Ayni paytgacha Rayong, Supxanburi, Surin, Lampxun, Sakonnakxon, Pxitsanulok, Buriram, Nakxonpatxom, Mukdaxan, Samutsongkram provinsiyalari va Chiangmay shahrida alkogol mahsulotlari sotuvi taqiqlangandi.

Tailand hukumati alkogol sotuvini taqiqlash spirtli ichimliklar  ichish bilan bog‘liq bo‘lgan turli ziyofat va yig‘inlarning to‘xtatilishi hisobiga o‘zini-o‘zi izolyatsiya qilish rejimini buzish holatlari kamayishiga olib keladi deb hisoblamoqda. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top