13:05 / 09.04.2020
12543
Diqqat, yangi loyiha: “Urush xotiralari” bilan qalban birgamiz! 

Ayni paytda hayot bo‘lgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining qahramonliklari aks etgan xotiralarni yozib oling, ularni suratga tushiring  va loyihada ishtirok eting.

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” partiyasi Markaziy kengashi Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlab O‘zbek xalqining Ikkinchi jahon urushidagi qahramonliklari, front ortidagi fidokorona mehnati va g‘alabaga qo‘shgan beqiyos hissasini abadiylashtirish maqsadida “Urush xotiralari” loyihasini e'lon qiladi.

Loyihada ishtirok etish uchun yagona shart: Ayni paytda hayot bo‘lgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining qahramonliklari aks etgan xotiralarni yozib oling, ularni suratga tushiring va ijtimoiy tarmoqlarda @uzmilliytiklanish manzilini belgilab joylashtiring. Shuningdek, ushbu ma'lumotlarni @UrushXotiralariBot manziliga ham jo‘natishingiz mumkin. Har bir urush qatnashchisining tarixiy fotolarini elektron nusxasini yuborish qo‘llab-quvvatlanadi.

Loyiha aprel oyining 25 sanasiga qadar davom etadi.

Eng yaxshi ijodiy ishlar “Urush xotiralari” kitob-albomiga kiritiladi va loyiha ishtirokchisiga taqdim etiladi.

Karantin davrida uyda qoling va oilangiz tarixini biz bilan yarating.

Birmiz! Qalban birgamiz!

Murojaat uchun telefon: 97 722 76 77

Top