01:34 / 09.04.2020
18513

JSST rahbari o‘z nomiga tahdidlar olganini ma'lum qildi 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyyesus tashkilotning koronavirusga qarshi kurashi bilan bog‘liq holda o‘z nomiga tahdidlar olganini ma'lum qildi. 

Foto: REUTERS/Christopher Black/WHO

“Men 3 oydan beri menga nisbatan davom etayotgan hujumlar haqida aytishim mumkin. Menga nisbatan keskin yoki irqiy izohlar... hattoki, hayotimga tahdidlar bo‘lmoqda. Menga baribir. Bu shaxsiydir, hattoki hayotimga tahdid bo‘lganda ham menga baribir, men hattoki ularga javob bermayman. Ammo hamjamiyat haqorat qilinsa, bunga chidab bo‘lmaydi”, deb aytgan AQSh prezidenti Donald Trampning JSSTning koronavirusga qarshi kurashish borasidagi ishini tanqid qilishiga javoban Gebreyyesus.

JSST bosh direktori Vashington tomonidan bildirilayotgan tanqidlar haqidagi savolga javob berishdan bosh tortgan.

“O‘ylashimcha, bu shartmas. Biz vaqtimizni behuda ketkazib va bir-birimizni barmoq bilan ko‘rsatmasligimiz kerak. Biz birlashishimiz zarur. Agar birdamlikni ta'minlay olmasak, unda bizni yanada yomonroq vaziyat kutmoqda”, deb aytgan Gebreyyesus va JSST siyosat bilan shug‘ullanmasligini qo‘shimcha qilgan.

“Men dunyoga ikkita narsani taklif qilmoqchiman. Birinchisi – milliy ko‘lamda biz partiyaviy va boshqa kelishmovchiliklardan ustunroq bo‘lib, ishlashimiz lozim. Milliy darajada siyosiy partiyalar, diniy yoki boshqa guruhlarda darz bo‘lsa, virus bundan o‘z maqsadlarida foydalanib, bizni parchalashi mumkin. Iltimos, bu virusni siyosiylashtirmang. Bu olov bilan o‘ynashishdir. Davlatingizdagi yakdillik ushbu virus ustidan g‘alaba qozonishda juda muhimdir”, deb aytgan JSST rahbari.

Mavzuga oid
Top