15:28 / 09.04.2020
12409

Koronavirusni davolashda Ivermektin preparati tavsiya etilmagan – Otabekov

O‘zbekistonning bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ivermektin preparatining virusni kamaytirish xususiyati haqidagi savolga javob berdi.

Foto: KUN.UZ

«Biz Ivermektin preparatini anchadan beri bilamiz. U parazitlarga qarshi preparat. Uning Covid-19’ni davolashdagi samaradorligi bo‘yicha tadqiqotlar bor. Klinik tadqiqotlarning jami davri yakunlansa va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya qilinsa, tabiiyki undan [koronavirusni] davolashda foydalaniladi.

Hech birimiz o‘zimizni davolash bilan shug‘ullanmasligimiz kerak. Koronavirus bilan zararlangan bemorni mutaxassislar – infeksionist va virusologlar davolashi kerak», deya Nurmat Otabekovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Brifingda korxona xodimlari ustki kiyimlarini dezinfeksiya qilish bo‘yicha tartibi bo‘yicha ma'lumot berildi.

«Ustki kiyimlar dezinfeksiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ruxsat berilgan, tarkibida ammoniyli birikma, guanidin va tozalovchi effektga ega dezinfeksiya vositalarini maxsus usulda sepish orqali amalga oshiriladi. Tarkibida xlor bo‘lgan vositalardan bu maqsadlarda foydalanilmaydi», - dedi Otabekov.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top