12:00 / 09.04.2020
14060
O‘zbekistonda 70 mingdan ortiq kishi koronavirusga test topshirgan

O‘zbekistonda shu vaqtgacha koronavirus infeksiyasini aniqlash uchun 70 mingdan ortiq kishida test o‘tkazilgan.

Foto: Getty Images

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov 9 aprel holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning holati bo‘yicha axborot berdi. 

«Ayni vaqtda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 555 nafarni tashkil etmoqda. Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti rahbariyatidan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, bu institut klinikasida davolanayotgan 99 nafar bemorning 25 nafarida pnevmoniya belgilari kuzatilyapti. Bemorlarning 7 nafarining ahvoli og‘ir. Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish institutida davolanayotgan 88 nafar bemorning 3 nafari ahvoli o‘rta og‘ir, deb baholanyapti. 

Koronavirus bo‘yicha epidemik vaziyat murakkablashgan vaqtdan boshlab shu kungacha 70 mingdan ortiq fuqarolar koronavirus bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazildi. Kecha 9 mingdan ortiq kishi koronavirusni aniqlash bo‘yicha test topshirdi va 35 holatda kasallik aniqlandi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, tibbiy nazorat ostiga olingan 86 mingdan ortiq aholi orasida kasallik aniqlanishi davom etyapti. Demak, hammamiz sergak bo‘lishimiz, karantin talablariga to‘la rioya etishimiz kerak. Har bir harakatimiz epidemik vaziyat murakkablashishi yoki barqarorlashuviga ta'sir ko‘rsatadi», dedi Nurmat Otabekov.

 

O‘zbekistonda 70 mingdan ortiq kishi koronavirusga test topshirgan 👉 https://kun.uz/14693275

Posted by Kun.uz on Thursday, April 9, 2020

 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top