16:03 / 09.04.2020
89935
O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari soni 600ga yaqinlashmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 27 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 9 aprel soat 15:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 582 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolanayotgan 99 nafar bemorning 25 nafarida pnevmoniya belgilari kuzatilyapti. Bemorlarning 7 nafarining ahvoli og‘ir. Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish institutida davolanayotgan 88 nafar bemorning 3 nafari ahvoli o‘rta og‘ir, deb baholanyapti. 

  • O‘zbekistonda dastlabki bemor 15 mart kuni aniqlangan edi. Aprel oyida bemorlar soni sezilarli darajada ko‘paya boshladi.
  • Shu vaqtgacha bemorlarning 30 nafari sog‘aygan, 3 kishi vafot etgan.
Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top