07:23 / 09.04.2020
12966

Pompeo koronavirus haqidagi ma'lumot bilan bo‘lishmaydigan davlatlarni jazolashga chaqirdi

AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti unga kasalliklar haqida barcha ma'lumotni taqdim qilmaydigan davlatlarni jazolashi kerakligini aytdi.

Foto: AP Photo/Jose Luis Magana

“JSST har bir davlatdan sog‘liqni saqlash xalqaro qoidalariga amal qilishni talab qilishga mas'ul, agar davlatlar ularga amal qilmasa, JSST buning uchun tovon undirishi kerak”, deb aytgan Pompeo jurnalist Jyeff Katsga intervyusida.

Pompeoning ta'kidlashicha, koronvirus haqidagi ma'lumot “yetarlicha tez berilmagan”.

“Virus Xitoyda boshlangan va har bir soat ahamiyatga ega bo‘lgan, virusning odamdan odamga yuqishi va kasallikning tabiati haqidagi ma'lumot muhim ahamiyatga ega edi. Biroq gap jazolashda emas, gap keyin muammolar paydo bo‘lishidadir. Bizga hali ham ko‘proq ma'lumot kerak. Masala kimgadir aybni yuklashda emas. Gap amerikaliklar va butun dunyo bo‘ylab odamlar hayotini saqlab qolish haqida bormoqda va davlatlar ma'lumotni yashirsa, aslida nima yuz berayotgani haqidagi ma'lumot bilan bo‘lishmasa, odamlar vafot etishi mumkin”, deb ta'kidlab o‘tgan Pompeo.

7 aprelda AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterda JSSTni tanqid ostiga olgandi. JSST rahbari Tedros Adanom Gebreyyesus bunga javoban tashkilot odamlar hayotini saqlab qolish uchun imkoni bor ishni qilayotganini ma'lum qilgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top